FIA Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prilari bekor qilinishi munosabati bilan rasmiy bayonot berdi
Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) prezidenti Muhammad Ben Sulayem aprel oyiga rejalashtirilgan Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prilarining bekor qilinishi munosabati bilan rasmiy bayonot berdi.
«FIA har doim hamjamiyat va hamkasblarimiz xavfsizligi hamda farovonligini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaziyatni chuqur tahlil qilgandan so‘ng, mas’uliyatimizni to‘liq anglagan holda ushbu qarorni qabul qildik. Biz mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik tezroq o‘rnatilishidan umidvormiz. O‘ylarim yaqinda yuz bergan voqealar tufayli jabr ko‘rgan barcha insonlar bilan birga», — deydi Ben Sulayem.
E’lon qilingan xabarda bekor qilingan bosqichlarning o‘rnini bosuvchi yangi poygalar haqida ma’lumot berilmagan. Shu tariqa, 2026 yilgi Formula-1 mavsumi taqvimi 24 ta emas, 22 ta Gran-pridan iborat bo‘ladigan bo‘ldi.
Ayni damda Xitoyda mavsumning uchinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Bahrayn va Saudiya Arabistonidagi poygalarning bekor qilinishi ortidan, mavsumning to‘rtinchi bosqichi 3 may kuni Mayamida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.