Fevzi Davletov: «Menimcha, haqqoniy g‘alabaga erishdik»
"Surxon" bosh murabbiyi "Buxoro"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.
Фото: Сурхон ПФК
"Buxoro" - "Surxon" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik. Bu yerda maydon sifati juda yomonligi sababli biz uzun paslar bilan o‘ynadik. Yigitlarga rahmat aytaman. Muxlislarni xursand qildik.
Menimcha, haqqoniy g‘alabaga erishdik. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga rahmat aytaman. Mavsum uchun barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman va biz ta’tilga chiqdik", — deya Davletovning so‘zlaridan keltiradi “Surxon” matbuot xizmati.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist