locale OZ

Fevzi Davletov: \"Biz g'alabaga munosib edik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fevzi Davletov: "Biz g'alabaga munosib edik"
PHOTO: Telegram

“Surxon” bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi:

Menimcha, biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Ikki jamoa ham yaxshi futbol namoyish qildi va g‘alaba uchun o‘ynadi. Ammo biz bu g‘alabaga munosib edik. Ta’kidlash kerakki, birinchi taym ajoyib o‘tdi. Shunchaki, biz yaratgan vaziyatlarda gol urish kerak edi. Ikkinchi taymda esa o‘yin oxirigacha shiddatli bo‘ldi. Biz penaltini ura olmadik, ammo o‘yindan gol ura oldik. Kirill Kolesnichenko o‘z xatosini to‘g‘riladi va chiroyli gol urdi

O‘yinchilarimni munosib g‘alaba bilan tabriklayman. Stadionga ko‘p muxlislar keldi va biz ularni xursand qilishimiz kerak edi

Mavsum boshida tarkib bo‘yicha muammolarimiz bor edi. Yoshlar terma jamoasida o‘ynagan futbolchilar formaga tushmagan edi. Muhammad-Ali Abdurahmonov tayyorgarlik davridan so‘ng o‘z o‘yinini topa olmayotgandi. Hozir u o‘zining fenomenal futbolini namoyish qilyapti.

Menimcha, biz uchun taxlil qilishga sabablar bor. Qilingan xatolarimiz ham yo‘q emas. Mavsum boshidagi omadsiz start jamoani biroz sinidirdi. Lekin hozir jamoamiz yaxshiroq o‘ynayapti. Menimcha, bu g‘alabalar bizga katta ishonch beradi

Birinchi taymda juda ko‘p kuch sarfladik. Rejamiz tez gol urish va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish edi. Keyin esa hisobga qarab o‘ynash kerak edi, chunki “Navbahor” javob zarbasini tez berishi mumkin edi.

Ikkinchi taymda esa futbolchilar charchaganligi uchun bir necha almashinuvlarni amalga oshirdik. Zaxiradan maydonga tushganlar esa o‘yinni kuchaytirishi kerak edi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting