Ferran Torresning «PSJ»dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
“PSJ”ga kelib qo‘shilgan hujumchi Ferran Torres Parij klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Fransiya OAV xabar bermoqda.
Ispaniyalik futbolchi Fransiya yetakchi jamoasida bir mavsum uchun 17 million yevro maosh oladi. Bu borada u “PSJ”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari orasida oltinchi o‘rinda turadi.
Ma’lumot uchun, Ferran Torres joriy yozda “Barselona”dan “PSJ”ga 48 million yevro evaziga o‘tdi.
Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist