Ferran Torresning bobosi: «Uning «Barselona»daligi menga yoqmaydi»
Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» klubi hujumchisi Ferran Torresning bobosi nabirasining oʻyini haqida gapirdi va uni qaysi klubda koʻrishni istashini maʼlum qildi.
«Ferranning «Barselona»da ekanligi menga yoqmaydi. Men uni «Levante»da koʻrishni afzal koʻrgan boʻlardim, bu juda ham aniq», — deya Ferran Torresning bobosining soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es nashri.
Hujumchi 2026-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatining dastlabki ikki oʻyinida gol ura olmadi. 1-tur doirasidagi Kabo-Verdega qarshi kechgan uchrashuvda (0:0) forvard ikki bor gol urish imkoniyatini qoʻldan boy berdi, Saudiya Arabistoni bilan bahsning soʻnggi daqiqalarida Torres tomonidan kiritilgan gol esa ofsayd sababli bekor qilindi.
2025/2026-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Ferran Torres klub miqyosida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.