Ferran Torres «PSJ»ga oʻtishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Futbolchi kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.
ФОТО: Getty images
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres oʻzining «PSJ»ga ehtimoliy transferi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Ispaniyalik futbolchining soʻzlarini insayder Fabrizio Romano CNN'ga bergan intervyusiga tayanib keltirdi.
«Futbolda hamma narsa bir daqiqada oʻzgarib ketishi mumkin. Nima sodir boʻlishini hech qachon oldindan bilmaymiz. Men har qanday vaziyatga tayyor boʻlishim kerak», — dedi Torres.
Avvalroq OAV 25 yoshli ispaniyalik forvardga «PSJ» qiziqish bildirayotganini xabar qilgandi. Biroq futbolchining oʻzi hozircha klubini almashtirish ehtimolini na tasdiqladi, na inkor etdi.
Ferran Torres oʻtgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist