Ferran Torres «PSJ»ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi
Torres 2022 yil yanvaridan beri "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres PSJga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Fransiyaga uchishga ruxsat oldi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Torres hozir "Barselona" mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti. Kataloniya klubi va PSJ ayni paytda transfer bo'yicha zarur hujjatlarni o'zaro almashmoqda.
Avvalroq fransuz grandi Torresning transferi uchun "Barselona"ga 50 million yevro to'lashi haqida xabar berilgan edi.
Ferran Torres 2022 yil yanvaridan beri "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. U kataloniyaliklar bilan uch marta Ispaniya chempioni bo'lgan va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist