Ferran Torres PSJ taklifiga yakuniy javobini berdi
Torresning so‘zlariga ko‘ra, futbol olamida kelajakni oldindan aytish qiyin, ammo ayni paytda u Kataloniya klubiga e’tibor qaratgan.
Foto: Getty Images
“Barselona” hujumchisi Ferran Torres kelajagi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Ispaniyalik futbolchi PSJga o‘tish imkoniyatini rad etmaganini, biroq hozircha “Barselona” futbolchisi ekanini va klub bilan amaldagi shartnomasi borligini ta’kidladi.
Torresning so‘zlariga ko‘ra, futbol olamida kelajakni oldindan aytish qiyin, ammo ayni paytda u Kataloniya klubiga e’tibor qaratgan. Shu bilan birga, futbolchi o‘zini qadrlashlarini istashini ham yashirmadi.
Avvalroq OAVlarda PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Ferran Torresni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgani, parijliklar esa yaqin kunlarda “Barselona”ga rasmiy taklif yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas.
Nasrullo Karimov
Jurnalist