Ferran Torres JCh-2026 vaqtida eng ko‘p nimani sog‘inganini aytdi
Ispaniya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Ferran Torres 2026-yilgi Jahon chempionati vaqtida uyidagi itlarini juda sog‘inganini tan oldi. Futbolchining aytishicha, uzoq vaqt uy hayvonlaridan uzoqda bo‘lish unga ruhiy jihatdan oson kechmagan.
Torresning so‘zlariga ko‘ra, do‘stlaridan biri uning kayfiyatini ko‘tarish uchun itlarining videolarini muntazam yuborib turgan. Shunga qaramay, ayrim kunlarda futbolchini sog‘inch va tushkunlik hissi qamrab olgan. Shu bilan birga, u AQSHdagi hayot va muhit o‘ziga yoqqanini ham ta’kidlagan.
Ferran Torresning uyida bir nechta it bor. Ularning birini futbolchi hayvonlar boshpanasidan olib, o‘z qaramog‘iga olgan. Hujumchi uy hayvonlariga juda mehr qo‘yganini va ular hayotida muhim o‘rin tutishini yashirmagan.
Qiziqarli savollardan biriga javoban Torresdan AQSHdan esdalik sifatida nimani olib ketishni istashi so‘ralgan. Futbolchi bunga hazil aralash “timsoh” deb javob bergan.