locale OZ

Ferran Torres: «Bu golni butun Ispaniya urdi»

Torres g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ferran Torres: «Bu golni butun Ispaniya urdi»
ФОТО: Getty images

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres Jahon chempionati finalida Argentina ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, bu golni faqat maydondagi futbolchilar emas, balki 47 million ispan urdi. Bugun taqdir biz uchun g‘alabani yozgan ekan. Muxlislarimizdan uzoqda bo‘lsak-da, ularni doimo yonimizda his qildik.

Final o‘yinlari doimo qiyin kechadi. Qarshi tomonda Messi kabi futbolchi bo‘lsa, bu albatta xavotir uyg‘otadi. Ammo biz o‘z kuchimizga ishondik va o‘z futbolimizni namoyish etishga harakat qildik. O‘ylayman, buning uddasidan yana chiqdik.

Gol urganimdan so‘ng katta yengillik his qildim. Turnir davomida meni ko‘p tanqid qilishdi. Ammo men aytganimdek, taqdirda nima yozilgan bo‘lsa, o‘sha amalga oshadi. Xudoga shukr, U menga doimo davom etish uchun kuch beradi va oxir-oqibat inson munosib bo‘lgan mukofotni nasib etadi», — dedi Torres.

Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alaba orqali Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting