Ferran Torres Alvares transferiga qoʻshilishi mumkinligidan hafsalasi pir boʻldi
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres Madridning «Atletiko» klubi forvardi Xulian Alvaresning transferi boʻyicha kelishuvga qoʻshilishi mumkin boʻlgan potensial nomzod sifatida uning ismi muhokama qilinganidan norozi boʻlmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning maʼlum qilishicha, «koʻk-anorranglilar» 26 yoshli hujumchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor, biroq futbolchi klubdagi oʻrni va roli boʻyicha kafolatlar talab qilishi mumkin.
Torresning xizmatlariga «Manchester Siti»da u bilan birga ishlagan «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» ispaniyalik futbolchini Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida koʻrib chiqmoqda.
«Arsenal»dan tashqari, Torresga «Aston Villa» va «Chelsi» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ortda qolgan mavsumda u barcha turnirlarda jami 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta samarali uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali berayotgan maʼlumotlarga koʻra, oʻyinchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.