Fernandesh yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh joriy yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Sulaymon Rodopning ma'lum qilishicha, "qizil iblislar" 30 yoshli portugaliyalik futbolchini 42 million funt sterling evaziga sotishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, Bruno Fernandeshga Turkiyaning "Galatasaroy" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq Istanbul jamoasi futbolchi talab qilayotgan yuqori maoshni to‘lash imkoniyatiga ega emas.
Bruno Fernandesh 2020 yilda Lissabonning "Sporting" klubidan "Manchester Yunayted"ga 65 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda portugaliyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Bruno Fernandeshning bozor qiymatini 35 million yevro deb baholagan.