Fernandesh «MYu»dagi het-triklar soni bo‘yicha Ronalduga yetib oldi
Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» safidagi het-triklar soni bo‘yicha klub afsonasi Krishtianu Ronalduga yetib oldi.
Portugaliyalik yarimhim 30 avgust kuni Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Ipsvich Taun»ga qarshi uchrashuvda uchta gol urdi. «Manchester Yunayted» o‘z maydonida raqibini 5:2 hisobida mag‘lub etdi.
Fernandesh 40-, 56- va 68-daqiqalarda o‘z nomini tabloga yozdirdi. Uning uchinchi goli «Yunayted» safidagi uchinchi het-trigi bo‘ldi.
Shu tariqa Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» tarixida het-triklar soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldu bilan tenglashdi — har ikki futbolchi hisobida ham 3 tadan het-trik bor.
Fernandesh avval 2021/22 yilgi mavsumning birinchi turida «Lids»ga qarshi (5:1) va 2024/25 yilgi Yevropa Ligasi 1/8 finalida «Real Sosyedad»ga qarshi (4:1) uchrashuvlarda uchtadan gol urgan edi.