locale OZ

Fernandesh isteʼfoga chiqarilgan Amorimga murojaat qildi

Avvalroq portugaliyalik mutaxassis «MYU» bilan xayrlashgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fernandesh isteʼfoga chiqarilgan Amorimga murojaat qildi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» sardori va yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh klubdan bo‘shatilgan portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimga murojaat bilan chiqdi. Futbolchi 5 yanvar kuni iste’foga chiqarilgan murabbiyga bag‘ishlab ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post joyladi.

«Rahmat, ustoz! Sizga va murabbiylar shtabinggizga kelgusi faoliyatingizda omad tilayman!» — deb yozdi Fernandesh Amorim bilan xayrlashar ekan.

Eslatib o‘tamiz, Ruben Amorim «Manchester Yunayted»da 2024 yil 11 noyabrdan 2026 yil 5 yanvargacha faoliyat olib borgan.

Brunu Fernandesh esa 2020 yil yanvar oyidan buyon «qizil iblislar» safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt davomida u jamoa tarkibida 308 ta o‘yinda maydonga tushib, 103 ta gol urdi va 93 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting