Fernandesh assistlar soni boʻyicha «MYU» rekordini oʻrnatdi
Portugaliyalik futbolchi Devid Bekhemni ortda qoldirdi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premyer-ligasining 30-turida «Aston Villa»ga (3:1) qarshi kechgan bahsda ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi joriy mavsumdagi assistlari sonini 16 taga yetkazib, klub tarixidagi bir mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.
«Qizil iblislar» tarixida bir mavsumdagi golli uzatmalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Devid Bekhem turibdi: u 1999/2000 yilgi mavsumda 15 ta assist qayd etgan. Kuchli uchlikni esa 2010/2011 yilgi mavsumda 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan Luish Nani yakunlab turibdi.
Ayni damda «Manchester Yunayted» 54 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi pog‘onada bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist