locale OZ

Fernandesh Anri va de Bryuyne rekordiga yaqinlashdi

Brunu hisobida Premyer-liganing joriy mavsumida 19 ta golli uzatma mavjud.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fernandesh Anri va de Bryuyne rekordiga yaqinlashdi
ФОТО: Getty images

Dushanba oqshomida “Manchester Yunayted” Angliya chempionati doirasida o‘z maydonida “Brentford”ga qarshi o‘yin o‘tkazmoqda.

Birinchi taym so‘nggida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh golli uzatmani amalga oshirdi. Natijada, Fernandeshning hisobida Premyer-liganing joriy mavsumida 19 ta golli uzatma mavjud.

Portugaliyalik futbolchi Tyerri Anri va Kevin de Bryuynening qo‘shma rekordiga yaqinlashdi. Mos ravishda 2002/2003 va 2019/2020-yilgi mavsumlarda fransiyalik va belgiyalik futbolchilar 20 tadan golli uzatma amalga oshirgan edi.

Premyer-liga tarixini qayta yozish va mavsum doirasidagi golli paslar soni bo‘yicha yangi rekordchiga aylanish uchun Fernandesh mavsum yakunigacha yana ikkita assist qayd etishi kerak.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting