Fernandesh \"Al-Hilol\"ning taklifini rad etdi
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh “Al Hilol”dan kelgan taklifga rad javobini berdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Qayd etilishicha, saudiyaliklar Fernandeshga 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Futbolchi yiliga 65 million yevro atrofida maosh olishi mumkin edi. Shunga qaramay, 30 yoshli portugal futbolchisi “qizil iblislar” safida qolishni afzal ko‘rgan.
Ma’lumot o‘rnida, Bruno manchesterliklar safida jami 285 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 98 ta gol urgan va 85 ta assist muallifi bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist