Fernandesh 2025/26-yilgi mavsumda Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Portugalialik yarim himoyachi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi va jamoa sardori Brunu Fernandesh Angliya Premer-ligasining 2025/2026-yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar berdi.
"Tarix kitoblariga munosib mavsum", — deyiladi Premier League bayonotida.
Joriy mavsumda portugalialik yarim himoyachi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu orqali u Angliya chempionatida bir mavsumdagi eng ko‘p assistlar rekordini takrorladi.
Mavsum yakunigacha yana bir tur qolgan bo‘lib, unda "Manchester Yunayted" 24-may kuni "Brayton"ga qarshi maydonga tushadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist