Fernandes «Real»ga o'tishni istamadi
Uning klub bilan amaldagi bitimi 2032 yilgacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes “Real”ga o'tishni xohlamayapti. Bu haqda Transfer News Live xabar berdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik 24 yoshli futbolchi “Chelsi”da qolishni istamoqda. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2032 yilgacha mo'ljallangan.
Garchi “Real” unga taklif yuborayotganiga qaramay, futbolchi jamoasini almashtirishni o'ylamayapti.
Enso joriy mavsum “aristokratlar” safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroga teng.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist