Fernandes qishda «MYu»ni tark etishi mumkin
Unga Saudiya klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester United” yarim himoyachisi Bruno Fernandes qishda jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda Manchester Evening News xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer oynasi ochilgach, Saudiya klublari Brunoga katta maosh taklif qiladi.
Yozgi transfer vaqtida "Al Hilol"ning 100 million funtlik taklifiga ega bo‘lgan va "Manchester United" uni rad etgandi.
Biroq, klub yangi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlaganidan so‘ng, yulduz yarim himoyachisini sotishdan foyda ko‘rishni rejalashtirishi mumkin.
Joriy mavsumda Fernandes "Manchester United" safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 2 ta gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist