locale OZ

Fernandes «MYU»dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi — TS

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fernandes “MYU”dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi — TS
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandes Saudiya Arabistoni klublarining qiziqishiga qaramay, jamoada qolishga qaror qildi. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi jahon chempionatigacha mankunianliklar rahbariyati bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazmagan, biroq u jamoadoshlari va atrofidagilarga qolish niyati borligini allaqachon ma'lum qilgan. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”da kamida yana bir yil o‘ynashni istaydi.

Fernandes 2020 yil yanvar oyidan beri “Manchester Yunayted”da o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va 22 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 mln yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting