Fernandes: “Ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo bu yetarli bo‘lmadi”
Photo: Getty Images
"Manchester United" yarim himoyachisi Bruno Fernandes APLning 36-turida "West Ham"ga (0:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘yinda ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo bu yetarli bo‘lmadi. O‘sha imkoniyatlardan foydalana olganimizda hisob boshqacha bo‘lar edi. Ko‘p imkoniyat bo‘ldi. Gol urishning uddasidan chiqa olmadik. Juda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldik.
Gol urish va raqib jarima maydoniga to‘pni yetkazib berishda kuchliroq va qat’iyatliroq bo‘lishimiz muhim edi”, — dedi Fernandes.
Eslatib o‘tamiz, “MYU” turnir jadvalida 17-pog‘onada bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist