locale OZ

Fermin Lopes Rodri haqida: “U — buyuk futbolchi”

“Barselona” yarim himoyachisi “Manchester Siti” futbolchisining Kataloniya klubiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
Fermin Lopes Rodri haqida: “U — buyuk futbolchi”
Foto: Getty Images

“Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes “Manchester Siti” futbolchisi Rodri Ernandesning Kataloniya klubiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi terma jamoadagi sherigini yuqori baholab, uning “Barselona”ga katta foyda keltirishini ta’kidladi.

“U buyuk futbolchi. “Oltin to‘p” sohibi va jahon chempioni. Men u bilan Ispaniya terma jamoasida birga o‘ynayman. Men uchun Rodri dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi. U “Barselona”ga juda ko‘p narsa bera oladi”, — dedi Fermin Lopes.

Rodri 2019-yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p tepib kelmoqda. 30 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Rodri “Barselona”ga o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ispaniyalik futbolchi “Manchester Siti”ning “Arsenal”ga qarshi 0:3 hisobida yakunlangan Angliya Superkubogi uchrashuvida ham maydonga tushmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting