Fermin Lopes ham JCh-2026 turnirini oʻtkazib yuboradi
Ispaniyalik futbolchi jarohati sabab mundialda ishtirok eta olmaydi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes jarohati sababli AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok eta olmaydigan boʻldi. Bu haqda «koʻk-anorranglilar» matbuot xizmati xabar berdi.
Lopes La Liganing 37-turidan oʻrin olgan «Betis»ga (3:1) qarshi oʻyinda oʻng oyogʻining beshinchi kaftoldi suyagini sindirib olgan. Tez orada futbolchi jarrohlik amaliyotini oʻtaydi.
Avvalroq Ispaniya terma jamoasi safida Daniel Karvaxal va Alvaro Morata ham jarohat sabab JCh-2026 turniridan qolib ketishi xabar qilingandi. Terma jamoaning yakuniy tarkibi 25 may kuni eʼlon qilinadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist