Fermin Lopes «Atletiko» darvozaboni bilan toʻqnashub natijasida burnini sindirib oldi (foto)
Hozircha «Barselona» 2:1 hisobida oldinda bormoqda.
FOTO: Getty Images
«Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes «Atletiko» darvozaboni Xuan Mussoning butsasi tishlariga yuzi bilan toʻqnashib ketishi natijasida burnini sindirib oldi. Mazkur voqea UEFA Chempionlar Ligasining chorak final javob uchrashuvida yuz berdi.

O‘yin Madridda, «Sivitas Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvni bosh hakam Kleman Tyurpen boshqarib bormoqda. Ayni daqiqalarda hisob 2:1, kataloniyaliklar foydasiga.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda «Atletiko» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Musobaqaning 1/8 final bosqichida «ko‘k-anorranglilar» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Nyukasl»ni 8:3 hisobida taslim etishgan. «Matraschilar» esa xuddi shu bosqichda «Tottenhem»dan ustun kelishgan (umumiy hisob — 7:5).
Nasrullo Karimov
Jurnalist