locale OZ

Ferlan Mendi og‘ir jarohat tufayli faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda

30 yoshli futbolchi bir yilga safdan chiqishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ferlan Mendi og‘ir jarohat tufayli faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendining jarohati kutilganidan ancha jiddiy bo‘lib chiqdi. 30 yoshli futbolchi bir yilga safdan chiqish xavfi ostida turibdi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Mendiga payning suyakdan uzilib ketishi tashxisi qo‘yilgan. Agar fransiyalik futbolchining tiklanish jarayoni muvaffaqiyatsiz kechsa, u professional faoliyatini yakunlashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Oxirgi yangiliklar fonida himoyachi bu haqda jiddiy o‘ylay boshlagan.

Mendi 2019 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining ayni damdagi bozor qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting