Ferlan Mendi faoliyatini yakunlash haqida oʻylamayapti — Romano
Himoyachi muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi ayni damda faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayapti. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Futbolchi jarohatidan so‘ng muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Avvalroq o‘yinchida «payning suyakdan uzilishi bilan bog‘liq uzilish» aniqlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mendi 2019 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda ishtirok etdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist