locale OZ

Fergi taym-mi yoki Amorim? \"Qizil iblislar\" \"Lion\"ni adabini berib qo'ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fergi taym-mi yoki Amorim? "Qizil iblislar" "Liyon"ni adabini berib qo'ydi
Photo: gettyimages

Yevropa chempionlar ligasining qiziqarli o'yinlaridan keyin, navbat yevropa ligasining hal qiluvchi bahslariga ham yetib keldi.

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Old trafford”da Fransiyaning “Lion” klubini qabul qildi. Dastlabki uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobidagi durrangga imzo chekishgan va hammasi “Manchester”da hal bo'lishi kerak edi, shunday ham bo'ldi.

“Yunayted” 10 daqiqadayoq hisobni ochdi, gol muallifi Garnacho. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqada Dalot Maguayerning uzatmasidan keyin raqib darvozasiga ikkinchi golni ham kiritidi. “Lion” 6 daqiqa ichida ikkita top kiritib hisobni tenglashtirdi. 71 daqiqada Tolisso gol urgan bo'lsa, 77 daqiqada Tagliafiko uchrashuvdagi muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda boshqa gol urilmadi va navbat qo'shimcha taymlarga berildi. Fransuzlar hujumkorlikni oshirdi va 104 daqiqada Cherki “qizil iblislar”ni jazoladi.

Kambekni amalga oshirgan va undan ruhlangan mehmonlar 109 daqiqada Lakazetning goli evaziga oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo'yishdi. Ushbu goldan keyin mezbonlarning mag'lubiyatini ko'pchilik tahmin qilgan bo'lishi mumkin, lekin “Manchester Yunayted”ning “oltin” davri va “Fergi taym” esiga tushib ketdi chog'i, so'ngi daqiqalarda barchani hayratga sola oldi. Bahsning so'ngi daqiqasida, ya'ni 120 daqiqasida Kazimiro katta sahnaga chiqib, ikkita assitni amalga oshirdi. Maino va Maguayerlar fransuzlar darvozasiga ketma-ket to'p kiritishdi.

Kechagi oqshomda “Manchester Yunayted”ning “Bavariya” bilan bo'lib o'tgan o'sha mashhur finali yodiga tushib ketgan ko'rinadi “Lion”ni adabini berib qo'yishdi, 5:4.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting