locale OZ

«Fenerbahche» Taliska bilan bitimni uzaytirdi

Braziliyalik xavbek 2028 yilning yozigacha "Fenerbahche" sharafini himoya qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fenerbahche» Taliska bilan bitimni uzaytirdi
ФОТО: Getty images

"Fenerbahche" hujumkor yarim himoyachi Anderson Taliska bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda turk klubi saytida ma'lumot paydo bo'ldi.

Yangi shartnomaga ko'ra, braziliyalik xavbek 2028 yilning yozigacha "Fenerbahche" sharafini himoya qiladi.

Eslatib o'tamiz, Taliska 2025 yil yanvar oyidan beri Turkiyada o'ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Fenerbahche" Turkiya chempionatining 20-turidan keyin turnir jadvalida "Galatasaray"dan 6 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting