locale OZ

«Fenerbahche» sardori Mert Yandash bukmekerlik o‘yinlari sababli bir yilga diskvalifikatsiya qilindi

Futbolchi 2025 yilning dekabr oyida hibsga olingandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fenerbahche» sardori Mert Yandash bukmekerlik o‘yinlari sababli bir yilga diskvalifikatsiya qilindi
FOTO: Getty Images

«Fenerbahche» klubi sardori va yarimhimoyachisi Mert Yandash bukmekerlik o‘yinlarida ishtirok etgani uchun futbol faoliyatidan bir yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bunday qaror Professional futbol intizom qo‘mitasi (PFDK) tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mert Yandash 2025 yilning dekabr oyida kelishilgan o‘yinlar va noqonuniy tikishlar bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida hibsga olingan edi. 2026 yilning fevralida unga nisbatan rasmiy ayblovlar e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi 17 yil-u 10 oygacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin edi. Biroq joriy yilning aprel oyi boshida, to‘rt oylik qamoq jazosidan so‘ng, Yandash ozodlikka chiqarilgan.

31 yoshli yarimhimoyachi 2020 yilning yozidan buyon «Fenerbahche» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u barcha turnirlarda 149 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting