locale OZ

\"Fenerbahche\" Sanchoga taklif tayyorlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fenerbahche" Sanchoga taklif tayyorlamoqda
Photo: Getty Images

"Fenerbahche" Jeydon Sancho bo‘yicha rasmiy taklifini yubordi. Bu haqda jurnalist Oratsio Akkomando xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya klubi "Manchester United" qanot futbolchisi uchun 18 million yevro to‘lashga tayyor. Sanchoga har mavsumda 12 million yevro maosh bilan "3+1" tizimi asosida shartnoma taklif etilgan.

Futbolchiga A Seriyaning ikki vakili — "Juventus" va "Napoli"dan ham takliflar bor, biroq italiyalik klublar ingliz futbolchisiga ancha past maosh taklif qilmoqda.

O‘tgan mavsumda Jeydon ijarada "Chelsea" safida harakat qilgandi..

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting