«Fenerbahche» Saloh qiziqish bildirmoqda
"Liverpul" va Misr terma jamoasi hujumchisi Mohamed Saloh faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda A Spor nashri xabar berdi.
Manba xabar berishicha, futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Turkiyaning "Fenerbahche" klubi qiziqish bildirmoqda. Istanbuliklar rahbariyati futbolchining agentlari bilan allaqachon ikkita uchrashuv o'tkazgan.
Muzokaralarda klub nomidan "Fenerbahche" boshqaruv kengashi a'zosi Ertan Torunog'ullari ishtirok etgan.
Xabar qilinishicha, misrlik futbolchining vakillari o'z mijozi uchun yiliga 20 million yevro maosh so‘ragan. Shuningdek, tomonlar hozircha bo'lib o'tmagan uchinchi uchrashuvni o'tkazishga kelishib olgan.
Mohamed Salohning "Liverpul" bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan, biroq futbolchi mavsum oxirida Angliya jamoasidan ketishini allaqachon e'lon qilgan.