locale OZ

\"Fenerbahche\" Rafael Leaoni transfer qilmoqchi

"Milan" portugaliyalik futbolchini 50–60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fenerbahche" Rafael Leaoni transfer qilmoqchi
Foto: Getty Images

Turkiyaning "Fenerbahche" klubi "Milan" hujumchisi Rafael Leaoni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda. Xabarlarga ko‘ra, Istanbul klubi yaqin kunlarda futbolchining vakillari bilan muzokaralarni faollashtiradi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, "Milan" portugaliyalik futbolchini 50–60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Hozircha Italiya klubiga rasmiy taklif yuborilmagan, biroq "Fenerbahche" Leaoga yuqori maosh taklif qilish orqali transferni amalga oshirishga umid qilmoqda.

Rafael Leaoning o‘zi esa hali yakuniy qaror qabul qilmagan. Futbolchi avvalo Angliya yoki Ispaniyadan taklif kutayotgani aytilmoqda. Shunga qaramay, ayni paytda unga eng jiddiy qiziqish bildirayotgan klublar "Fenerbahche" va "Galatasaroy" bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting