«Fenerbahche» prezidenti giyohvand moddalar isteʼmol qilganlikda ayblanmoqda
Uning soch namunasida kokain aniqlangan.
FOTO: Getty Images
Turkiyaning «Fenerbahche» klubi prezidenti Sadettin Saran narkotik testidan ijobiy natija ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Fanatik onlayn nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, rahbarning soch namunalarida kokain izlari aniqlangan. Hisobot Istanbul Bosh prokuraturasiga yuborilgan, Saran esa hozirda qamoqqa chiqmaslikka doir kafolat ostida turibdi.
Sadettin Saran turk-amerikalik sportchi, tadbirkor va sport menejeri hisoblanadi. U «Fenerbajche» prezidenti lavozimini shu yil sentyabr oyida egallagan.
Hozirgi vaqtda «Fenerbahche» Turkiya Superligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa yetakchi «Galatasaroy»dan uch ochko ortda qolgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist