locale OZ

«Fenerbahche» Mourinyo uchun 15 million yevro tovon puli to'laydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fenerbahche» Mourinyo uchun 15 million yevro tovon puli to'laydi
Фото: Getty Images

"Fenerbahche" iste'foga chiqarilgan Joze Mourinyoga 15 million yevro to'laydi. Bu haqda Fanatik xabar berdi.

Turkiya klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqa olmaganidan so'ng portugaliyalik mutaxassisni iste'foga chiqardi. Saralash bosqichida "Fenerbahche" "Benfika"ga mag'lub bo'ldi (ikki o'yin natijasiga ko'ra 0:1).

Record hisob-kitoblariga ko'ra, murabbiyning tovon puli 108 million yevroni tashkil qilgan.

Mutaxassisga "Chelsi" (ikki marta), "Real", "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Roma" kabi klublar ham kompensatsiya to'lagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting