locale OZ

\"Fenerbahche\" Mourinyo bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fenerbahche" Mourinyo bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Photo: Getty Images

"Fenerbahche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Yagiz Sabuncuo‘g‘lu xabar berdi.

Portugaliyalik mutaxassis jamoa bilan o‘tgan yozdan beri ishlamoqda. 2024/2025-yilgi mavsum yakunida “Fenerbahche” 84 ochko jamg‘argan holda Turkiya Superligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Galatasaray” 95 ochko bilan chempion bo‘ldi.

Milliy kubokda jamoa chorak finalga chiqdi, Yevropa ligasida jamoa 1/8 final bosqichida to‘xtadi.

Joze Mourinyo faoliyati davomida “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real”, “Manchester Yunayted” va “Roma” klublarida muvaffaqiyatli ishlagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting