\"Fenerbahche\" Martinez uchun taklif tayyorlamoqda
Photo: Getty Images
Turkiyaning "Fenerbahche" klubi rahbariyati yaqin kelajakda shartnoma imzolash niyatida bo‘lgan darvozabonni aniqladi.
Takvim xabariga ko‘ra, Emiliano Martinez "kanareykalar"ning asosiy transfer maqsadiga aylangan. Klub o‘zining asosiy darvozaboni Dominik Livakovichni sotishga tayyor. Ular Livakovich bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.
Argentinalik darvozabon juma kuni "Tottenhem"ga (2:0) qarshi Birmingemdagi o‘yindan so‘ng "Aston Villa" muxlislari bilan xayrlashgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist