locale OZ

“Fenerbahche” Markus Reshford uchun katta taklif tayyorlamoqda

28 yoshli Reshford o‘tgan mavsumni “Barselona”da ijara asosida o‘tkazib, 49 uchrashuvda 14 ta gol va 14 ta golli uzatmani qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Fenerbahche” Markus Reshford uchun katta taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

Turkiyaning “Fenerbahche” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub ingliz futbolchisining transferi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Reshford “Fenerbahche” ko‘rib chiqayotgan uch futbolchidan biri. Istanbul klubi, shuningdek, “Milan” vingeri Rafael Leau va “Kristal Pelas” hujumchisi Ismaila Sarrning holatini ham kuzatmoqda.

“Fenerbahche” vakillari Reshfordning atrofidagilar bilan dastlabki aloqani boshlagan. Klub yangi mavsumda “Galatasaroy” bilan sovrinlar uchun kurashadigan kuchli tarkib tuzishni maqsad qilgan.

28 yoshli Reshford o‘tgan mavsumni “Barselona”da ijara asosida o‘tkazib, 49 uchrashuvda 14 ta gol va 14 ta golli uzatmani qayd etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting