locale OZ

«Fenerbahche» Levandovski uchun asosiy da'vogar

Turkiyaliklar Kataloniya klubiga 10 million yevro miqdorida badal puli taklif qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fenerbahche» Levandovski uchun asosiy da'vogar
ФОТО: Getty images

“Barselona” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan 37 yoshli Robert Levandovski Turkiyaning “Fenerbahche” klubidan jiddiy qiziqish ko‘rmoqda.

Marca nashrining xabariga ko‘ra, turk klubi 37 yoshli polshalik tajribali hujumchini qo‘lga kiritish maqsadida “Barselona”ga rasmiy taklif yuborgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, “Fenerbahche” polshalik hujumchining shartnomasi tugashiga yarim yil qolganiga qaramay, uni qishki transfer oynasidayoq qo‘lga kiritish uchun Kataloniya klubiga 10 million yevro miqdorida tovon puli taklif qilgan.

Levandovskining o‘zi “Barselona”da qolish istagini bildirayotganini ta'kidlash lozim. Robert klubda yana bir yil qolish uchun hozir olayotgan 33,3 million yevro miqdoridagi yillik maoshining katta qismini qurbon qilishga tayyor.

Joriy mavsumda Robert Levandovski barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting