locale OZ

«Fenerbahche» Leau va Demirovich bo‘yicha tarqalgan xabarlarni rad etdi

Klub ushbu futbolchilarga e'tibor qaratmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fenerbahche Leau va Demirovich bo‘yicha tarqalgan xabarlarni rad etdi
ФОТО: Getty images

Fenerbahche klubi rasmiy sayti orqali "Milan" hujumchisi Rafael Leau hamda "Shtutgart" forvardi Ermedin Demirovichga qiziqish bildirildi degan xabarlarni rasmiy ravishda inkor qildi.

"Bugun OAVda 'Shtutgart' hujumchisi Ermedin Demirovichga qiziqish bildirayotganimiz haqida tarqalgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Klubimiz ushbu futbolchini transfer qilish bo‘yicha hech qanday harakat amalga oshirmagan.

Shuningdek, Rafael Leau uchun transfer to‘lovi va maoshini qo‘shganda taxminan 100 million yevro taklif qilganimiz haqidagi ma'lumotlar ham asossiz. Na futbolchiga, na uning klubiga bunday taklif berilgan.

Hozirgi e'tiborimiz to‘liq Chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida "Gurnik"ga qarshi bahs va keyingi bosqichga chiqish vazifasiga qaratilgan.

Shu munosabat bilan muxlislarimizdan amalga oshmagan transferlarni haqiqat sifatida ko‘rsatayotgan yoki rejalarimizga kirmaydigan futbolchilar haqidagi turli taxminlarga asoslangan xabarlarga e'tibor bermasliklarini so‘raymiz. Bu ma'lumotni jamoatchilikka hurmat bilan taqdim etamiz", — deyiladi Fenerbahche bayonotida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting