locale OZ

«Fenerbahche» Kantening transferi barbod boʻlishida «Al Ittihod»ni aybladi

Avvalroq Kante va En-Neserining almashinuvi hujjatlardagi muammolar sabab amalga oshmay qolgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fenerbahche» Kantening transferi barbod boʻlishida «Al Ittihod»ni aybladi
FOTO: Getty Images

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi N'Golo Kante va Yussef En-Nesiri ishtirokidagi transfer masalasi bo‘yicha bayonot e’lon qildi.

Avvalroq, «Al Ittihod» bilan kelishilgan almashinuv bitimi hujjatlardagi muammo sabab bekor qilingan, FIFA esa har ikki tomonning apellyatsiyasini rad etgan edi.

Klub bayonotida shunday deyiladi:

«N'Golo Kante, Yussef En-Nesiri va «Al Ittihod» klubi bilan bog‘liq transfer jarayoni klubimiz tomonidan barcha qoidalarga muvofiq, o‘ta sinchkovlik bilan va reja asosida olib borildi.

Murabbiylar shtabining so‘roviga binoan futbolchilar bilan kelishuvga erishildi; tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi va zarur ruxsatnomalar olindi. Klubimiz o‘z zimmasidagi barcha majburiyatlarni belgilangan muddatlarda bajardi. Transferni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab etiladigan hujjatlar belgilangan vaqt ichida tizimga to‘liq va to‘g‘ri yuklandi.

Biroq, ikkinchi tomon ma’lumotlarni tizimga noto‘g‘ri kiritgani sababli, jarayon bizga bog‘liq bo‘lmagan holda transfer oynasi doirasida yakunlanmadi. Shundan so‘ng biz FIFA bilan muzokaralar olib bordik va vaziyatni o‘nglash uchun barcha choralar ko‘rilib, muddatni uzaytirishni so‘radik.

Shunga qaramay, narigi klub («Al Ittihod) hech qanday tushuntirish bermagan holda jarayonni o‘z vaqtida yakunlamadi. Natijada, ushbu transfer afsuski amalga oshmay qoldi.

Biz ushbu voqea muxlislarimiz orasida keltirib chiqargan tushkunlikni tushunamiz va his qilamiz. Klubimiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari yo‘lida jamoani shakllantirish jarayonini qat’iyat va intizom bilan davom ettiradi».

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting