«Fenerbahche» Kante bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
Joriy mavsumda 34 yoshli Kante 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
ФОТО: Getty images
"Fenerbahche" klubi yarim himoyachi Ngolo Kante bilan muzokaralarga kirishdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Shunday qilib, fransiyalik futbolchi Turkiya klubiga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘ldi.
"Al-Ittihod" yarim himoyachisi allaqachon transferga rozilik bergan. Fransuzni so‘nggi transferlar, jamoaning muvaffaqiyatlari va klub istiqboli hayratda qoldirdi.
Hozircha yakuniy kelishuv yo‘q. Ammo Turkiya klubi muzokaralarni yakunlash uchun "Al-Ittihod" bilan kelishuvga erishishi kerak.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 34 yoshli Kante 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist