«Fenerbahche» Ederson transferini e'lon qildi
Braziliyalik darvozabon Ederson Moraes "Manchester City"ni tark etib, Turkiyaning "Fenerbahche" klubiga o'tdi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Darvozabon allaqachon transferni yakunlash uchun Istanbulga yetib kelgan.
Fanatik xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi jamoa bilan yana bir mavsumga uzaytirish sharti bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Darvozabonning maoshi yiliga 11 million yevroni tashkil etadi.
32 yoshli darvozabon ingliz klubi tarixidagi eng muvaffaqiyatli o'yinchilardan biri bo'lib, Pep Guardiolaning qo'l ostida 18 ta yirik sovrinni qo'lga kiritgan.
2017/18 yilgi mavsum oldidan Manchesterga kelganidan so'ng, u barcha musobaqalarda 372 ta o'yinda 311 ta gol o'tkazib yubordi. Uning hisobida 168 ta "quruq o'yin" bor. Shuningdek, u Braziliya terma jamoasi safida 29 ta o'yin o'tkazgan.