«Fenerbahche» Dominiko Tedeskani isteʼfoga chiqardi
Tomonlar hamkorlikni toʻxtatishga qaror qilishdi.
FOTO: Getty Images
Domeniko Tedesko «Fenerbahche» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda turk klubining rasmiy saytida ma’lum qilindi.
«Direktorlar kengashi yig‘ilishida qabul qilingan qarorlarga muvofiq, biz bosh murabbiy Domeniko Tedesko va uning murabbiylar shtabi bilan xayrlashdik. Shuningdek, sport direktori Devin Ozek va futbol bo‘yicha koordinator Berke Chelebi bilan ham hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilindi.
Ularga klubimiz rivojiga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mavsumning qolgan o‘yinlarida jamoani bosh murabbiy yordamchisi Zeki Murat Gyoʻle boshqarib boradi», — deyiladi Istanbul klubi bayonotida.
Nasrullo Karimov
Jurnalist