«Fenerbahche» Chalhano‘g‘lu, Suares, Demiral va Grinvud bilan shartnoma imzolamoqchi
Turkiyaning "Fenerbahche" klubi bir qator tajribali o‘yinchilar bilan shartnoma imzolamoqchi.
Insayder Fabrizio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, Italiya "Inter" klubi yarim himoyachisi Xoqon Chalhano‘g‘lu Istanbul klubi qiziqish doirasiga tushib qolgan.
Manbaga ko‘ra, tayanch yarim himoyachisining transferini "Fenerbahche" prezidentligiga nomzod Xoqon Safi talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, klubning potentsial yangi a'zolari qatorida futbolchilar Luis Suares, Merih Demiral va Meyson Grinvud ham tilga olingan. Bitimlar saylov natijalariga bog‘liq.
"Fenerbahche" prezidentligi uchun saylovlar 6 va 7 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu lavozimga ikki nomzod da'vogarlik qilmoqda: Aziz Yildirim va Xoqon Safi.
Avvalroq, "Barselona"ni tark etayotgan hujumchi Robert Levandovski ham jamoaga qo‘shilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.