locale OZ

«Fenerbahche» Benzemani diqqat bilan kuzatib bormoqda

Uning “Al-Ittihod” bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fenerbahche" Benzemani diqqat bilan kuzatib bormoqda
ОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubida to‘p surayotgan Karim Benzema faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fotomac nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Fenerbahche” klubi 37 yoshli fransiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Klub Karim Benzema nomzodini diqqat bilan kuzatmoqda. Hujumchining “Al-Ittihod” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi, shuning uchun turk klubi uning agentlari bilan bog‘lanib, vaziyatni aniqlashtirishni rejalashtirmoqda.

Benzema joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida atigi 4 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting