locale OZ

«Fenerbahche» Asensioning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fenerbahche» Asensioning transferini e'lon qildi
Фото: Getty Images

Ispaniyalik yarim himoyachi Marko Asensio faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

“Fenerbahche” klubi ispaniyalik vinger bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. Tomonlarda bitimni yana bir mavsumga uzaytirish imkoni ham mavjud.

Kelishuvning umumiy qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Asensio “Aston Villa”da o‘tkazdi. Ispaniyalik futbolchi APL doirasidagi 13 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Bir necha kun oldin “Fenerbahche” klubi Joze Mourinyoni iste’foga chiqargandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting