locale OZ

\"Fenerbahche\" Asensio bilan muzokara o'tkazmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Fenerbahche" Asensio bilan muzokara o'tkazmoqda
Photo: Getty Images

“Fenerbahche” klubi “PSJ”ning hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensioni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Istanbul jamoasi futbolchi uchun 15 million yevrolik taklif yuborgan. Ushbu summa — Asensioning 2026 yilgacha amal qiladigan shartnomasining so‘nggi yili uchun belgilangan transfer narxi hisoblanadi.

Avvalroq “Fenerbahche” vakillari futbolchi bilan uchrashib, shartnoma shartlarini muhokama qilgan. Klub bosh murabbiyi Joze Mourinyo muzokaralarda bevosita ishtirok etmoqda. U hujumning chap qanotini kuchaytirishni istamoqda va Asensioni ideal nomzod deb bilmoqda.

Marko Asensio o‘tgan mavsumning birinchi yarmida “PSJ” safida, ikkinchi yarmida esa “Aston Villa”da ijarada o‘ynadi. U jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting