\"Fenerbahche\" APLdan futbolchi olib kelmoqchi
Photo: Getty Images
"Nottingham Forest" klubi qanot hujumchisi Jota Silva Turkiyaning "Fenerbahche" klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.
Insayder Ekram Konurning xabar berishicha, 25 yoshli portugaliyalik futbolchiga shaxsan "Fenerbahche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, turk klubi Silvani sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining agenti bilan muzokaralar allaqachon boshlangan.
Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt vingerning narxini 15 mln yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist