locale OZ

“Fenerbahche” Angliya terma jamoasi hujumchisiga qiziqmoqda

Hozircha klublar ehtimoliy transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlamagan.
“Fenerbahche” Angliya terma jamoasi hujumchisiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

Turkiyaning “Fenerbahche” klubi “Aston Villa” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkinsni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Hozircha klublar ehtimoliy transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlamagan. Futbolchiga Angliya Premyer-ligasining boshqa jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Uotkins o‘tgan klub mavsumida barcha musobaqalarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Angliyalik hujumchi 2020-yildan buyon “Aston Villa” sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqqan, Angliya terma jamoasi bilan esa 2026-yilgi Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting